School Logo

Buvaydaim.uz

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Buvayda tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Yangiliklar

Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

⚡️ Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Imtihonlar oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 👍 Talabgorlar sentabr, oktabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan imtihonlar uchun 20-avgustdan, dekabr oyidagi imtihonlar uchun esa 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda, shu hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 📆 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi sanalari alohida e’lon qilinadi.

Dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun 200 ta davlat granti
Dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun 200 ta davlat granti

⚡️ Har yili “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi doirasida O‘zbekistonning eng iqtidorli yoshlari uchun dunyo reytingidagi kuchli 100 talikka kirgan universitetlarda o‘qish imkonini beruvchi 200 ta davlat granti ajratiladi. ❓Grantdan kimlar foydalanishi mumkin? 🔹 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati bitiruvchilari; 🔹 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy dastur ishtirokchilari. 💡 Davlat granti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 🔹 o‘qish xarajatlarining to‘liq qoplanishi; 🔹 ta’lim davomida zarur qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlash; 🔹 O‘zbekiston iqtidorli yoshlar hamjamiyatiga qo‘shilish. 💥 Dastur maqsadi — mamlakatning kadrlar salohiyatini shakllantirish hamda fan, innovatsiyalar va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qilish.

Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi imtihonlari
Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi imtihonlari

🤩 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi imtihonlari respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda.

Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri — Stenford universiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlar uchun moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi. Moliyaviy yordam shartlari: – Qabul qilingan talaba oilasining yillik daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam bo‘lsa, talaba to‘lov-kontraktdan to‘liq ozod qilinadi. – Agar oilaviy daromad 100 ming AQSH dollaridan kam bo‘lsa, talaba nafaqat to‘lov-kontraktdan ozod etiladi, balki bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Qabul muddati (dedlaynlar): – Erta qabul: har yili 1-noyabr – Odatiy qabul: har yili 5-yanvar Batafsil ma’lumot: https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

Ijod maktablariga imtihon natijalari e'lon qilindi
Ijod maktablariga imtihon natijalari e'lon qilindi

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI! Imtihon natijalarini quyidagi maxsus Telegram botlari orqali bilishingiz mumkin: 🤖 @natijalar_piima_1_2025_bot 🤖 @natijalar_piima_2_2025_bot 🤖 @natijalar_piima_3_2025_bot 🤖 @natijalar_piima_4_2025_bot 🤖 @natijalar_piima_5_2025_bot ❗️DIQQAT! Ko‘plab so‘rovlar sababli botlar vaqtincha sekin ishlashi mumkin. ‼️ 31-iyul kuni imtihon natijalari ijod maktablarining o‘zida ham e’lon qilindi. 📢 Qabul yangiliklari va rasmiy manbalar: Telegram: http://t.me/piimauz Facebook: https://www.facebook.com/piima.uz Instagram: http://instagram.com/piima.uz YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw

Milliy dasturga qabul yakunlandi
Milliy dasturga qabul yakunlandi

“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul 31-iyul, soat 23:59 da yakunlandi. ✅ Jami 27 789 ta ariza kelib tushdi. Viloyatlar kesimida: - Qoraqalpogʻiston — 3281 - Andijon — 2216 - Buxoro — 1457 - Fargʻona — 2201 - Jizzax — 1836 - Namangan — 2727 - Navoiy — 1311 - Qashqadaryo — 1350 - Samarqand — 3236 - Sirdaryo — 728 - Surxondaryo — 2957 - Toshkent viloyati — 2024 - Xorazm — 1512 - Toshkent shahri — 953 📅 Imtihon 10-avgust kuni oʻtkaziladi. Tafsilotlar tez orada e’lon qilinadi. 📢 Batafsil: https://telegra.ph/National-Program-Applications-Have-Closed-08-02 Facebook: http://facebook.com/newuzbekistanuniversity Telegram: https://t.me/piftuz

Karimova E’zozxon yangi vazir etib tayinlandi
Karimova E’zozxon yangi vazir etib tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga binoan: ✅ Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. E. Karimova taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat olib borib kelmoqda. Jumladan, u: - 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida boʻlim boshligʻi, - 2021–2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi, - 2023–2024-yillarda esa “Yangi Oʻzbekiston” universitetida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimida ishlagan. 📢 Rasmiy e’lon: https://t.me/Press_Secretary_Uz/6043 👥 Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🔗 Bizni kuzating: Telegram: https://t.me/uzedu Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1 Youtube: http://bit.ly/2PYbkOx Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ LinkedIn: https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/ Veb-sayt: https://gov.uz/oz/uzedu

Karsh International Scholarship: Duke universitetida bakalavriat uchun to‘liq grant
Karsh International Scholarship: Duke universitetida bakalavriat uchun to‘liq grant

Karsh International Scholarship — AQSHdagi Duke universitetida istalgan bakalavriat yo‘nalishida o‘qish uchun to‘liq grant taklif etiladi. Muhim jihatlar: – Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas – Kontrakt va boshqa majburiy to‘lovlar to‘liq qoplanadi – Yashash va oziq-ovqat xarajatlari ham qoplanadi – Yozgi tadqiqot dasturlari va amaliyotlarda qatnashish imkoniyati mavjud Ariza qabul qilish sanalari: – 2025-yil avgust oyi o‘rtalarida boshlanadi – Muddati: 2025-yil 4-noyabr yoki 2026-yil 2-yanvargacha Batafsil ma’lumot: https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/ Manba: @grantlar